«Sharqona lotto» sonli, pul-buyum yutuqli lotereyasi «36 dan 6» o‘yini

Hurmatli «Sharqona lotto» sonli, pul-buyum yutuqli lotereyasi «36 dan 6» o‘yini
ishtirokchilari va ishqibozlari!

O‘yin turi: lotto turkumidagi sonli, tirajli, televizion pul-buyum yutuqli lotereya.

O‘yinning mazmuni har bir tirajda 1 dan 36 gacha bo‘lgan sonlarning to‘liq qatoridan o‘ynaladigan 6 ta sonni tahmin asosida topishdan iborat.

O‘yinda qatnashish (lotereya bileti) qiymati: «Sharqona lotto» sonli, pul-buyum yutuqli lotereyasi «36 dan 6» o‘yini biletidagi bir dona o‘yin kombinatsiyasining bahosi 2000 (ikki ming) so‘mdan iborat. O‘yinda ishtirok etish uchun bitta biletda qayd etilib, ro‘yxatdan o‘tkazilgan kombinatsiyalar soni bilet bahosini belgilaydi.

Bitta o‘yin biletida sonli kombinatsiyalarni belgilovchi raqamlar soni, mos kombinatsiyalar soni va biletning o‘rnatilgan bahosi quyidagicha bo‘ladi:

Sonli kombinatsiyalarni belgilovchi raqamlar soni Kombinatsiyalar soni  Belgilangan sotuv bahosi
(so‘mda)
 
612 000
7714 000
82856 000
984168 000
10210420 000

Yutuq fondi summasi: lotereyaning yutuq fondi miqdori o‘yinning muayyan tirajida ishtirok etish uchun LBMT da ro‘yxatdan o‘tgan biletlarda qayd etilgan sonli kombinatsiyalar uchun qabul qilingan to‘lovlar umumiy qiymati (summasi)ning 50 (ellik) foizini tashkil qiladi va yutuq fondi kategoriyalar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

Yutuq fondi kategoriyasi Yutuq fondidagi ulushi, foizda Yutuq fondi taqsimoti 
I40 %6 ta son topilgan barcha
kombinatsiyalar uchun
II18 %5 ta son topilgan barcha
kombinatsiyalar uchun
III32 %4 ta son topilgan barcha
kombinatsiyalar uchun
Maxsuskategoriya10 %7 bonus shari orqali 6 ta son topilganda – kichik “JACKPOT” 

            Pul yutuqlari topilgan raqamlarning soniga qarab, kategoriyalarga bo‘linadi. Yutuqlarning I–kategoriyasiga – 6 ta topilgan raqamli kombinatsiyalar, II–kategoriyasiga – 5 ta topilgan raqamli kombinatsiyalar, III–kategoriyasiga – 4 ta topilgan raqamli kombinatsiyalar kiradi.

Lotereyaning jozibadorligi va o‘yin ishtirokchilarining lotereyada ishtirok etishdan manfaatdorligini oshirish, yutuq fondining II– III kategoriyalarida yutuqli bo‘lgan o‘yin kombinatsiyalari bo‘yicha yutuqlar summasini ko‘paytirish maqsadida, yutuq fondining
I–kategoriyasi bo‘yicha limit o‘rnatiladi va uning yuqori chegarasi 10,0 mlrd. (o’n milliard) so‘m miqdorida belgilanadi.

Bunda, bitta yoki bir nechta tirajlarda yutuq fondining I–kategoriyasi bo‘yicha yutuqli kombinatsiya (kombinatsiyalar) aniqlanmasa, u holda o‘yin biletlari sotuvidan tushgan tushumlar hisobidan yutuq fondining I–kategoriyasi 10,0 mlrd. so‘mgacha ko‘payib boradi va mazkur kategoriyada yutuqli kombinatsiya (kombinatsiyalar) aniqlangunga qadar saqlanadi va to‘liq o‘ynaladi.

O‘yin kombinatsiyalarini navbatdagi tirajlar uchun ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida yutuq fondining I–kategoriyasi bo‘yicha yig‘ilgan summa 10,0 mlrd. so‘mdan ortib, I–kategoriya bo‘yicha yutuqli kombinatsiya aniqlanmagan taqdirda, tushumlar muayyan tiraj uchun e’lon qilinadigan navbatdagi «JACK POT» summasini shakllantirish (to‘ldirish) uchun yo‘naltiriladi.

Bu summaning yuqori miqdori 3,0 mlrd. (uch milliard) so‘m xajmida belgilanadi va
I–kategoriya bo‘yicha navbatdagi «JACK POT» uchun mazkur summa to‘liq shakllangandan so‘ng, yutuq fondining I–kategoriyasi bo‘yicha yutuqli kombinatsiya (kombinatsiyalar) aniqlanmasa, lotereya biletlarini sotuvidan tushgan va yutuq fondining I–kategoriyasi uchun yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar muayyan tirajdagi yutuq fondining II va III – kategoriyalarini ko‘paytirish uchun mos ravishda 40 (qirq) va 60 (oltmish) foiz ulushlarda taqsimlanadi.

Lotereya yutuq fondining I–III – kategoriyalari bo‘yicha pul yutuqlari o’ynalishi bilan birga, har bir tirajda qo’shimcha 7-bonus shari orqali yutuq fondining maxsus kategoriyasi bo’yicha kichik “JACKPOT” sifatida o’ynaladigan pul miqdori yoki moddiy va nomoddiy yutuqlari tarkibi bank Boshqaruvi Raisining buyrug’i bilan belgilanadi.

Shuningdek, bayramlar va boshqa sanalarda litsenziyalovchi organni xabardor qilgan holda alohida tirajlar o‘tkazilishi mumkin. Bunday tirajlar uchun yutuq fondini shakllantirish va kategoriyalar bo’yicha taqsimoti lotereyani o’tkazish uchun belgilangan umumiy Shartlar asosida amalga oshiriladi.

Tizim bo‘yicha o‘ynaganda (1 dona kombinatsiyada 6 tadan ortiq son tanlagan bo‘lsangiz) Sizning yutish ehtimolingiz oshib boradi, yutuq summasi esa quyi kategoriyalar hisobiga ortib boradi. Kutilayotgan yutuq hisobini quyidagi jadvaldan ko‘rishingiz mumkin.

 O‘yinda bitta kombinatsiyada tanlangan raqamlar soniga (tizimli kombinatsiya) nisbatan yutuq summasini hisoblash jadvali.

O‘yin biletida qayd etilgan
raqamlar soni
Raqamli kombinatsiyalar soniO‘yinda 6 ta raqam topilgan holda kategoriyalar bo‘yicha yutuqlar soniO‘yinda 5 ta raqam topilgan holda kategoriyalar bo‘yicha yutuqlar soniO‘yinda 4 ta raqam topilgan holda kategoriyalar bo‘yicha yutuqlar soni 
           I           II         III             II          III          III  
6 ta topilgan raqam uchun5 ta topilgan raqam uchun4 ta topilgan raqam uchun 5 ta topilgan raqam uchun4 ta topilgan raqam uchun 4 ta topilgan raqam uchun  
654 54 4  
61100 10 1  
77160 25 3  
82811215 315 6  
98411845 430 10  
1021012490 550 15  

Texnik sabablarga ko‘ra ro‘yhatdan o‘tkazilgan o‘yin chiptasi yaroqsiz holatda bosmadan chiqarilgan bo‘lsa, uni bekor qilish imkoniyati mavjud. O‘yin chiptasini bekor qilish jarayoni faqat yaroqsiz o‘yin chiptalariga nisbatan qo‘llaniladi. O‘yin chiptasini bekor qilish jarayoni quyidagilardan iborat: Operator ro‘yxatdan o‘tkazilgan chiptani ekspertiza uchun yaroqli holatda bera olmaslik vaziyati tug‘ilsa, quyidagilarni amalga oshirish lozim.

1. UZPAYNET agenti yoki Xalq Bank filiali operatori lotereya ishtirokchisini ro‘yhatdan o‘tkazilayotgan o‘yin chiptasi ekspertiza uchun yaroqsiz holatda bosmadan chiqarilganligi haqida ma’lum qiladi.

2. UZPAYNET agenti yoki Xalq Bank filiali operatori chiptalarni amalga oshirish tizimidagi maxsus maydonga bekor qilinayotgan o‘yin chiptasi tartib raqamini kiritadi.

3. Markaziy tizim lotereya ishtirokchisi telefoniga himoya SMSini yuboradi.

4. UZPAYNET agenti yoki Xalq Bank filiali operatori lotereya ishtirokchisidan himoya SMSini talab qiladi (endi lotereya ishtirokchisi uning o‘yin chiptasi bekor qilinayotganligi haqida biladi).

5. UZPAYNET agenti yoki Xalq Bank filiali operatori lotereya ishtirokchisiga bekor qilinayotgan o‘yin chiptasining narxini to‘liq qaytarib beradi.

6. UZPAYNET agenti yoki Xalq Bank filiali agenti qa’bul qilingan himoya kodini o‘yin chiptasini bekor qilish formasiga kiritadi. O‘yin chiptasi bekor qilinadi.

O‘yin televizion studiyada komissiya ishtirokida o‘tkaziladi. Komissiya tarkibi 3 kishidan kam bo‘lmasligi kerak.

Komissiya Raisi va komissiya a’zolaridan tarkib topadi. Komissiyada davlat organlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etishi mumkin. Litsenziyalovchi organ o‘yin o‘tkazilishini nazorat qilish maqsadida o‘yinda ishtirok etish huquqiga ega.

Lotereya bo‘yicha sonli kombinatsiyalarni LBMT Dasturi ma’lumotlar bazasida ro‘yxatga olish va to‘lovlarni qabul qilish har hafta chorshanba kuni, soat 14:00 da to‘xtatiladi.

«Sharqona lotto» sonli, pul-buyum yutuqli lotereyasi «36 dan 6» o‘yini yutuqlar tirajlari har haftaning chorshanba kuni soat 19:00 da O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Navo» telekanali orqali to‘g‘ridan–to‘g‘ri efirda o‘tkaziladi.

«Sharqona lotto» lotereyasi tirajlari natijalari 

«Sharqona lotto» lotereyasi tashkilotchisi                        Xizmatlar litsenziyalangan

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *