Omad lotto 36 dan 5 haqida

“Omadlotto” sonli, tirajli lotereyasi “36 dan 5” o’yini O’zbekistonda o’tkaziladigan sonli lotereya hisoblanadi.

Lotereya turi – lotto turidagi doimiy faoliyat yurituvchi sonli lotereya.

Lotto turidagi sonli lotereyaning mazmuni ma’lum raqamlar qatori ichidan o’ynaladigan ma’lum raqamlarni topish hisoblanadi. O’ynaladigan raqamlarning soni 5 ta raqam bilan belgilanadi.

O’yinda ishtirok etuvchi raqamlarning to’liq qatori 36 ta raqam bilan belgilanadi.

Bitta o’yin chiptasining bahosi tanlangan raqamlarning soni, ya’ni ro’yxatga olingan kombinatsiyalarning miqdori bilan belgilanadi.

Belgilangan raqamlar soni
Kombinatsiyalar
soni
Sotuvning so’mda belgilangan narhi
5 – ta raqamni
topish ehtimoli
(Jackpot)
5
1
3000
1 : 376992
6
6
18 000
1 : 62832
7
21
63 000
1 : 17952
8
56
168 000
1 : 6732
9
126
378 000
1 : 2992
10
252
756 000
1 : 1496

“Omad Lotto” lotereyasi “36 dan 5” o’yini yutuq fondi lotereyaning muayyan tirajida ishtirok etish uchun ro’yhatdan o’tkazilgan kombinatsiyalar uchun qabul qilingan to’lovlar umumiy summasining 50 foizini tashkil etadi.

Yutuqlar ro’yhati.

Pullik yutuqlar topilgan sonlar miqdoriga qarab bir necha toifaga bo’linadi. I toifa yutug’i — 5 dona topilgan sonlar, II toifa — 4 dona topilgan sonlar, III toifa — 3 topilgan sonlar.

Joriy tirajda I toifa yutug’i chiqmagan holatda keyingi o’yin yutuq fondining hajmi avvalgi o’yinlarda tarqatilgan chiptalardan to’plangan I toifa yutuq fondi mablag’idan tashkil topadi va shu summa e’lon qilinadi.

Agar navbatdagi o’yinda bir yoki undan ortiq toifa (I dan tashqari) yutuqlari ishtirok etuvchi kombinatsiyalar tomonidan yutib olinmasa, bu toifaning pulli yutug’i keying o’yinning shu toifadagi yutuq summasiga qo’shiladi. (Jek-Pot tizimi).

Toifa
Yutuq fondidan foiz
Topilgan sonlar miqdori
I
55 %
5 dona sonni topgan barcha kombinatsiyalar uchun
II
18 %
4 dona sonni topgan barcha kombinatsiyalar uchun
III
27%
3 dona sonni topgan barcha kombinatsiyalar uchun

Pul yutuqlari topilgan raqamlarning soniga qarab, kategoriyalarga bo’linadi. Yutuqlarning I–kategoriyasiga – 5 ta topilgan raqamli kombinatsiyalar, II–kategoriyasiga – 4 ta topilgan raqamli kombinatsiyalar, III–kategoriyasiga – 3 ta topilgan raqamli kombinatsiyalar kiradi.

Joriy tirajda yutuq fondining I–kategoriyasi bo’yicha yutug’i chiqmagan holatda keyingi o’yin yutuq fondining hajmi avvalgi o’yinlarda tarqatilgan chiptalardan to’plangan I–kategoriya yutuq fondi mablag’laridan tashkil topadi va shu summa e’lon qilinadi.

Agar navbatdagi o’yinda bir yoki undan ortiq kategoriya (I dan tashqari) yutuqlari ishtirok etuvchi kombinatsiyalar tomonidan yutib olinmasa, bu kategoriyaning pulli yutug’i keyingi o’yinning shu kategoriyadagi yutuq summasiga qo’shiladi.

Tizim bo’yicha o’ynaganda (1 dona kombinatsiyada 5 tadan ortiq son tanlagan bo’lsangiz) Sizning yutish ehtimolingiz oshib boradi, yutuq summasi esa quyi kategoriyalar hisobiga ortib boradi. Kutilayotgan yutuq hisobini quyidagi jadvaldan ko’rishingiz mumkin.

O’yinda bitta kombinatsiyada tanlangan raqamlar soniga (tizimli kombinatsiya) nisbatan yutuq summasini hisoblash jadvali.

Bitta kombina-tsiyada tanlangan raqamlar soni
Kombinatsiya
-lar soni
5 ta raqam to’g’ri topilgan bo’lsa, kategoriyalar bo’yicha yutuqlar soni
4 ta raqam to’g’ri topilgan bo’lsa, kategoriyalar bo’yicha yutuqlar soni
3 ta raqam to’g’ri topilgan bo’lsa, kategoriyalar bo’yicha yutuqlar soni
I
II
III
II
III
III
5 ta topilgan raqam uchun
4 ta topilgan raqam uchun
3 ta topilgan raqam uchun
4 ta topilgan raqam uchun
3ta topilgan raqam uchun 3ta topilgan

raqam uchun

5
1
1
0
0
1
0
1
6
6
1
5
0
2
4
3
7
21
1
10
10
3
12
6
8
56
1
15
30
4
24
10
9
126
1
20
60
5
40
15
10
252
1
25
100
6
60
21
Texnik sabablarga ko’ra ro’yhatdan o’tkazilgan o’yin chiptasi yaroqsiz holatda bosmadan chiqarilgan bo’lsa, uni bekor qilish imkoniyati mavjud. O’yin chiptasini bekor qilish jarayoni faqat yaroqsiz o’yin chiptalariga nisbatan qo’llaniladi. O’yin chiptasini bekor qilish jarayoni quyidagilardan iborat: Operator ro’yxatdan o’tkazilgan chiptani ekspertiza uchun yaroqli holatda bera olmaslik vaziyati tug’ilsa, quyidagilarni amalga oshirish lozim.
  1. UZPAYNET agenti yoki Xalq Bank filiali operatori lotereya ishtirokchisini ro’yhatdan o’tkazilayotgan o’yin chiptasi ekspertiza uchun yaroqsiz holatda bosmadan chiqarilganligi haqida ma’lum qiladi.
  2. UZPAYNET agenti yoki Xalq Bank filiali operatori chiptalarni amalga oshirish tizimidagi maxsus maydonga bekor qilinayotgan o’yin chiptasi tartib raqamini kiritadi.
  3. Markaziy tizim lotereya ishtirokchisi telefoniga himoya SMSini yuboradi.
  4. UZPAYNET agenti yoki Xalq Bank filiali operatori lotereya ishtirokchisidan himoya SMSini talab qiladi (endi lotereya ishtirokchisi uning o’yin chiptasi bekor qilinayotganligi haqida biladi).
  5. UZPAYNET agenti yoki Xalq Bank filiali operatori lotereya ishtirokchisiga bekor qilinayotgan o’yin chiptasining narxini to’liq qaytarib beradi.
  6. UZPAYNET agenti yoki Xalq Bank filiali agenti qa’bul qilingan himoya kodini o’yin chiptasini bekor qilish formasiga kiritadi. O’yin chiptasi bekor qilindi.
O’yin televizion studiyada komissiya ishtirokida o’tkaziladi. Komissiya tarkibi 3 kishidan kam bo’lmasligi kerak.
Komissiya Raisi va komissiya a’zolaridan tarkib topadi. Komissiyada davlar organlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etishi mumkim. Litsenziyalovchi organ o’yin o’tkazilishini nazorat qilish maqsadida o’yinda ishtirok etish huquqiga ega.
Lotereya bo‘yicha sonli kombinatsiyalarni LBMT Dasturi ma’lumotlar bazasida ro‘yxatga olish va to‘lovlarni qabul qilish har hafta shanba kuni, soat 14:00 da to‘xtatiladi.
“Omadlotto” sonli, tirajli lotereyasi “36 dan 5” o’yini har hafta shanba kunlari televideniye orqali “Navo” telekanalida soat 19-00 da to’g’ridan to’g’ri jonli efirda uzatiladi.
«Omad Lotto» lotereyasi tashkilotchisi                  Xizmatlar litsenziyalangan.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *